U zot tiriltirur va o`ldirur. Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid. Nahotki aql yuritmasangiz? Al-Mu'minun 23:80 ⧉
Tafsir:
Jon ato etadigan ham yolgʻiz Allohdir. Undan oʻzga jon ato etguvchi yoʻq. Jonni oladigan ham yolgʻiz U Zotdir. Undan oʻzga jon olguvchi yoʻq. Kecha va kunduzning qorongʻu-yorugʻ boʻlib, uzun-qisqa boʻlib oʻzgarib turishi ham yolgʻiz Oʻsha Zotning amri bilandir. Shunday ekan, Uning qudrati haqida, yaratishu tadbir etishda yagona ekani haqida aql yuritmaysizlarmi?!