Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Nur — Oyat 11 (Oʻzbekcha) — Video

Nur • Oyat 64 dan 11 • Oʻzbekcha


إِنَّ الَّذِينَ جَاءُوا بِالْإِفْكِ عُصْبَةٌ مِنْكُمْ ۚ لَا تَحْسَبُوهُ شَرًّا لَكُمْ ۖ بَلْ هُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ۚ لِكُلِّ امْرِئٍ مِنْهُمْ مَا اكْتَسَبَ مِنَ الْإِثْمِ ۚ وَالَّذِي تَوَلَّىٰ كِبْرَهُ مِنْهُمْ لَهُ عَذَابٌ عَظِيمٌ 11
Tarjima:
Albatta, ifkni keltirganlar o`zingizdan bo`lgan bir usba (to`da)dir. Uni o`zingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun o`zi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini ko`targan kimsaga buyuk azob bordir. Nur 24:11
Tafsir:
Ey moʻminlar, boʻhton qilib, moʻminlar onasi Oisha onamizni (Alloh u kishidan rozi boʻlsin) badnom qilmoqchi boʻlganlar oʻzlaringizdan boʻlgan bir toʻdadir. Bu ishni oʻzlaringiz uchun yomonlik, deb bilmanglar. Aksincha, u sizlar uchun yaxshilikdir. Zero, unda savob bor, moʻminlarni saralash bor, moʻminlar onasining begunoh ekaniga isbot bor. Shu boʻhtonga aralashgan har bir kimsa qilmishiga yarasha jazo oladi. Uni boshlab berish bilan gunohning kattasini koʻtarib olgan kimsa uchun esa buyuk azob bor. Bu yerda munofiqlarning boshligʻi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul nazarda tutilyapti.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Nur • Oyat 10 Keyingi Nur • Oyat 12