Agar dunyoyu oxiratda sizlarga Allohning fazli, marhamati bo`lmaganida, o`zingiz ichiga sho`ng`igan narsa uchun sizni, albatta, buyuk azob tutar edi. An-Nur 24:14 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, Alloh fazlu marhamat koʻrsatib, azobni kechiktirmaganida, tavba qilib olishga imkon bermaganida, bu boʻhtonga kirishib ketganingiz tufayli sizlarni buyuk azob ushlagan boʻlar edi.