Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nur — Oyat 21 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nur • Oyat 64 dan 21 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ ۚ وَمَنْ يَتَّبِعْ خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ فَإِنَّهُ يَأْمُرُ بِالْفَحْشَاءِ وَالْمُنْكَرِ ۚ وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ مَا زَكَىٰ مِنْكُمْ مِنْ أَحَدٍ أَبَدًا وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يُزَكِّي مَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 21
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fohisha va munkarga buyuradir. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bo`lmaganida, abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh O`zi xohlagan kishini poklar. Alloh o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir. An-Nur 24:21
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va Uning shariatiga amal qiladigan zotlar, shaytonning izidan ergashmanglar. Kim shayton yoʻliga yursa, tabiiyki, u shariatga zid boʻlgan manfur ishlarga, manfur gaplarga buyuradi. Ey moʻminlar, agar sizlarga Allohning fazlu marhamati boʻlmaganida edi, sizlardan birontangiz tavba bilan oʻzini poklab olmagan boʻlardi. Lekin Alloh Oʻzi istagan odamning tavbasini qabul qilib, uni gunohdan poklaydi. Alloh gapirayotgan gaplaringizni eshitib, qilayotgan ishlaringizni koʻrib turguvchi Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nur • Oyat 20 Keyingi An-Nur • Oyat 22