Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana o`shalar u(bo`htonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga mag`firat va go`zal rizq bordir. An-Nur 24:26 ⧉
Tafsir:
Soʻzida yo amalida nopok erkak yoki ayol oʻziga oʻxshagan bir nopok juftga munosib. Bu kirlardan pok zotlar ham oʻzlariga oʻxshagan pok juftlarga munosib. Poklar nopoklar aytayotgan boʻhtonlardan pokdirlar. Ular uchun Alloh tarafidan magʻfirat bordir. Alloh ularning gunohlarini magʻfirat qiladi. Yana ular uchun jannat atalmish moʻl rizq ham bor.