Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi. Bas, ulardan ba'zilari qorni bilan yuradir, ba'zilari ikki oyoq bilan yuradir va ba'zilari to`rt (oyoq) bilan. Alloh O`zi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. An-Nur 24:45 ⧉
Tafsir:
Alloh yer yuzida yuradigan jonivorlarni nutfadan yaratdi. Ular orasida ilonlar kabi qorni bilan sudralib yuradiganlari ham, inson, qush kabi ikki oyoqda yuradiganlari ham, chorpoylar kabi toʻrt oyoqda yuradiganlari ham bor. Alloh Oʻzi istagan narsani yaratadi. Alloh hamma narsaga Qodir. U Zotning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq.