Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nur — Oyat 55 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nur • Oyat 64 dan 55 • Oʻzbekcha


وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا ۚ يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا ۚ وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ 55
Tarjima:
Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin o`tganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun O`zi rozi bo`lgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan so`ng omonlikni badal qilib berishni va'da qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana o`shalar, o`zlari fosiqlardir. An-Nur 24:55
Tafsir:
Alloh sizlardan iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga vada qildiki, albatta ularni dushmanlari ustidan muzaffar etib, xuddi ulardan oldingilarni xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilgay va ular uchun Oʻzi rozi boʻlib bergan Islom dinini mustahkam, aziz aylagay hamda ularning xavfu xatardan keyingi ahvolini tinchlik-omonlikka aylantirib bergay. Menga hech narsani sherik qilmasdan, Menga ibodat qiladilar. Shuncha nematlardan keyin kim kufr keltirsa, ana oʻshalar Allohga itoat etishdan boʻyin tovlagan fosiqlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nur • Oyat 54 Keyingi An-Nur • Oyat 56