Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nur — Oyat 58 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nur • Oyat 64 dan 58 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لِيَسْتَأْذِنْكُمُ الَّذِينَ مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ وَالَّذِينَ لَمْ يَبْلُغُوا الْحُلُمَ مِنْكُمْ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ ۚ مِنْ قَبْلِ صَلَاةِ الْفَجْرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُمْ مِنَ الظَّهِيرَةِ وَمِنْ بَعْدِ صَلَاةِ الْعِشَاءِ ۚ ثَلَاثُ عَوْرَاتٍ لَكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ وَلَا عَلَيْهِمْ جُنَاحٌ بَعْدَهُنَّ ۚ طَوَّافُونَ عَلَيْكُمْ بَعْضُكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 58
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Qo`lingizda mulk bo`lganlar va o`zingizdan balog`atga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn so`rasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan so`ng. (Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yo`q. Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir. An-Nur 24:58
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va Uning shariatiga amal qiladigan moʻminlar! Sizlardan qoʻl ostingizdagi qul va choʻrilaringiz ham, balogʻatga yetmagan hur goʻdaklar ham uch oʻrinda, bomdod namozidan oldin, peshindagi kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan keyin izn soʻrasinlar. Bu paytlarda to izn bermaguningizcha sizlarning oldingizga kirmasinlar. Bu uch vaqt sizlar uchun avratlardir. Boshqa vaqtlarda esa ruxsatsiz kirsangizlar boʻlaveradi. Sizlarga ham, ularga ham gunoh boʻlmaydi. Ular sizlarnikiga, sizlar ularnikiga, bir-biringiznikiga bordi-keldi qilib turguvchilarsiz. Shuning uchun har doim izn soʻrayverish ogʻirlik qiladi. Alloh sizlarga oyatlarni mana shunday bayon qiladi. Alloh bandalariga nima foydali ekanini bilguvchi va har bir shariatini hikmat bilan qilguvchi Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nur • Oyat 57 Keyingi An-Nur • Oyat 59