«Batahqiq, menga Zikr (Qur'on) kelgandan so`ng u (do`st) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir». Furqon 25:29 ⧉
Tafsir:
Bu kofir doʻst meni Paygʻambar orqali yonimga kelib turgan Qurondan adashtirdi. Shayton insonga xiyonat qiladi. Uning boshiga kulfat kelsa, yordam bermay tashlab ketadi.