Jahannam tomon yuz tuban hollarida sudraladiganlar, ana o`shalar, makonlari eng yomon, yo`llari eng adashgan kimsalardir. Furqon 25:34 ⧉
Tafsir:
Qiyomat kuni jahannam sari yuztuban qilib sudraladigan kimsalar, ana oʻshalar eng ahvoli zabun va haq yoʻldan eng uzoqlashib ketgan kimsalardir. Chunki ularning joyi jahannamdir, yoʻllari esa zalolat va kufrdir.