Va Nuh qavmi Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlarida g`arq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qo`ydik. Furqon 25:37 ⧉
Tafsir:
Nuh qavmi Nuh alayhissalomning paygʻambarligini tan olmay, hamma paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarganlarida ularni dengizga gʻarq ayladik va bu ishni zolimlarni qirib tashlaydigan qudratimizni namoyish etuvchi bir ibrat qildik. Qiyomat kunida esa zolimlarga alamli azobni tayyorlab qoʻyganmiz.