Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Furqon — Oyat 40 (Oʻzbekcha) — Video

Furqon • Oyat 77 dan 40 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ أَتَوْا عَلَى الْقَرْيَةِ الَّتِي أُمْطِرَتْ مَطَرَ السَّوْءِ ۚ أَفَلَمْ يَكُونُوا يَرَوْنَهَا ۚ بَلْ كَانُوا لَا يَرْجُونَ نُشُورًا 40
Tarjima:
Batahqiq, ular yomonlik yomg`iri yog`dirilgan shaharga kelgan edilar. Uni ko`rmagan edilarmi?! Yo`q! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar. Furqon 25:40
Tafsir:
Qavmingiz orasidagi haqni yolgʻonga chiqarganlar Shomga ketayotganlarida qilgan buzuqliklariga jazo oʻlaroq osmondan tosh yogʻdirilgan Lut qavmining qishlogʻidan oʻtgandilar. Shundan ibrat olsalar boʻlardi. Koʻzlari koʻrmi ediki, uni koʻrmagan boʻlsalar? Yoʻq! Ular ibrat olmadilar. Ular qayta tirilishdan ham, hisob-kitobdan ham umidvor boʻlmaydigan kimsalar edilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Furqon • Oyat 39 Keyingi Furqon • Oyat 41