Yoki sen ularning ko`plari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yo`q. Balki yana ham yo`ldan ozganroqdirlar. Furqon 25:44 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, siz Allohga hech narsani sherik qoʻshmay ibodat qilish va U Zotga itoat etishga davat qilayotgan paytingizda ularning aksari tinglayaptilar yo hujjat-dalillarni anglayaptilar, deb oʻylaysizmi? Ular tinglash bobida ham, tushunish, anglash bobida ham hayvonlardan farq qilmaydilar. Yana ham toʻgʻrirogʻi, ular hayvonlardan ham battarroq yoʻldan ozgan kimsalardir.