U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir. Furqon 25:47 ⧉
Tafsir:
Alloh shunday Zotki, sizlarga kechani xuddi libosdek badaningizni ham, boshqa narsalarni ham toʻsib turadigan qilib qoʻydi. Uyquni orom qilib berdi. Miriqib dam olib, kuchga toʻlib uygʻonasizlar. Kunduzni esa mehnat qilishga moslab qoʻydi.