Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u(Qur'on) bilan katta jiddu jahd qil! Furqon 25:52 ⧉
Tafsir:
Kofirlarning talablariga quloq solib, murosa qilish uchun ularga boʻysuna koʻrmang. Ularning kirdikorlariga parvo qilmang. Oʻzingizga nozil qilingan shu Quron bilan ularga qarshi kurashing. Allohga davat qilish yoʻlida uchraydigan mashaqqatlarga, ularning ozorlariga sabr qiling.