Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur. Furqon 25:60 ⧉
Tafsir:
Kofirlarga: "Rahmonga sajda qilinglar", deyilsa: "Rahmonga sajda qilmaymiz. Rahmon oʻzi nima? Uni tanimaymiz, tan ham olmaymiz. Sen buyurgan narsaga bilmasak-tanimasak ham sajda qilaveramizmi?", dedilar. Bu ish ularni Allohga iymon keltirishdan yanada uzoqlashtirib yubordi.