Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan o`ldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor bo`lur. Furqon 25:68 ⧉
Tafsir:
Shunday zotlarki, Alloh bilan birga boshqa biron mabudga sigʻinmaydilar, duo qilmaydilar. Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirmaydilar. Qotil, murtad, zoniy kabi qatlga mustahiqlar bundan mustasno. Zino qilmaydilar. Kim mana shu gunohi kabiralarni qilsa, Qiyomat kunida azobga yoʻliqadi.