U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr o`rgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qo`l-oyog`ingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi. Ash-Shu'ara 26:49 ⧉
Tafsir:
Firavn sehrgarlarning iymonga kelganlarini qoralab dedi: "Sizlarga izn bermasimdan oldin Musoga iymon keltirdingizmi? Sizlarga sehrni oʻrgatgan kattangiz mana shu Musoning oʻzi. Hammangiz Misrni qoʻlga olish uchun til biriktirgansiz. Mening nimalarga qodirligimni yaqinda bilib olasizlar. Qoʻl va oyoqlaringizni qarama-qarshi tarafidan chopib tashlayman. (Yani, oʻng oyoq bilan chap qoʻlni yoki aksincha). Hammangizni xurmo daraxtining shoxlariga osaman. Birontangizni tirik qoldirmayman".