Bas, Biz Musoga: «Asoing bilan dengizni ur», deb vahiy qildik. Bas, u (dengiz) bo`linib, har bo`lagi ulkan tog`dek bo`ldi. Shuaro 26:63 ⧉
Tafsir:
Musoga vahiy yuborib, asosi bilan dengizni urishni amr etdik. U amrimizni bajo keltirdi. Dengiz yorilib, oʻn ikki yoʻlak hosil boʻldi. Bani Isroil qabilalarining soni ham shuncha edi. Har bir yoʻlak bamisoli bir ulkan togʻdek bahaybat va suv oʻtkazmaydigan mustahkam edi.