Qachonki, (elchisi) Sulaymonga kelganida, u: «Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?! Bas, Alloh menga bergan narsa sizga bergan narsadan yaxshidir. Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz. Naml 27:36 ⧉
Tafsir:
Elchi va uning ayonlari Sulaymon alayhissalom oldiga hadya bilan kelganlarida Sulaymon alayhissalom bu ishni maqul koʻrmadi va dedi: "Menga mol-davlat bilan madad berib, oʻzinglardan burib yubormoqchi boʻlyapsizlarmi? Alloh menga ato etgan paygʻambarlik va podshohlik U Zotning sizlarga ato etganidan yaxshiroq. Mol-davlatdan iborat hadyadan quvonadigan sizlarsizlar.