Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Naml — Oyat 64 (Oʻzbekcha) — Video

Naml • Oyat 93 dan 64 • Oʻzbekcha


أَمَّنْ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ وَمَنْ يَرْزُقُكُمْ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ ۗ أَإِلَٰهٌ مَعَ اللَّهِ ۚ قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 64
Tarjima:
Yoki avval boshdan yaratadigan, so`ngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! «Agar rostgo`y bo`lsangiz, hujjatingizni keltiring», degin. Naml 27:64
Tafsir:
Yoki dastlab bachadonlarda bir tomchi suvdan bosqichma-bosqich bir insonni vujudga keltirgan, keyin uning jonini olgan, undan soʻng esa uni yana qayta tiriltirgan Zotmi? Sizlarga osmondan yomgʻir yogʻdirib, yerdan esa turli xil oʻsimliklarni undirib rizq beradigan kim? Bu ishni Alloh bilan birga boshqa biron mabud ham qiladimi? Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Agar sizlar chindan ham oʻzingizni haq deb bilsangiz, qilayotgan ishingizga hujjat keltiringlar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Naml • Oyat 63 Keyingi Naml • Oyat 65