Albatta, sen o`liklarga eshittira olmaysan, ortga qarab qochayotgan karlarga ham chaqiriqni eshittira olmaysan. Naml 27:80 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, siz Allohga kufr keltirgani tufayli qalblari oʻlib ketgan badbaxtlarga gap uqtira olmaysiz. Haqqa quloq solishdan qulogʻi kar boʻlib qolganlarga biron gapni eshittira olmaysiz. Sizdan yuz oʻgirib turganlarni davat qila olmaysiz.