Qachonki ularning boshiga so`z(langan azob) tushganida, Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. U ularga, albatta, odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo`lganlarini aytib beradi. Naml 27:82 ⧉
Tafsir:
Kufru masiyatlarida qattiq turib olganlaridan keyin ularga azob kelishi aniq boʻlib qolgan paytda Qiyomat boʻlishining katta alomatlaridan birini zohir qilamiz. Zamindan bir hayvon (Dobbatul arz) chiqib, odamlar Bizning paygʻambarimizga nozil qilgan oyatlarimizga ishonmaydigan boʻlib qolganlari haqida soʻzlar.