Men ushbu shaharning Robbiga, uni haram qilgan Zotga ibodat qilishga amr etildim, xolos. Hamma narsa Unikidir. Va musulmonlardan bo`lishga amr etildim. An-Naml 27:91 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Mana shu shaharning Parvardigorigagina ibodat qilishga buyurilganman. Alloh uni Haram aylagan, yani, bu shaharda qon toʻkilishi, biron kishiga zulm qilinishi, ov ovlanishi va hatto oʻt yulinishi ham harom qilingan. Hamma narsa yolgʻiz Allohnikidir. Musulmonlardan boʻlishga, U Zotga itoat etishga buyurilganman".