Qachonki ikkovlariga dushman bo`lganni tutmoqchi bo`lgan edi, u: «Ey Muso, kecha bir jonni o`ldirganing kabi, meni o`ldirmoqchimisan?! Sen yer yuzida faqat jabbor bo`lishni istarsan va isloh qilguvchilardan bo`lishni istamassan», dedi. Qasas 28:19 ⧉
Tafsir:
Isroiliy Musoning: "Sen oʻzi aniq adashgan, yoʻldan ozgan odam ekansan", degan gapini eshitgach, xuddi kechagi qibtiydek meni ham uradi, deb oʻylab: "Kecha bittasini oʻldirganding, endi bugun meni oʻldirmoqchi boʻlyapsanmi, sen oʻzi urushayotgan odamlarni yarashtirib qoʻyish oʻrniga ularga zulm qiladigan, ularni oʻldiradigan zoʻravon boʻlishni istaydigan odam ekansan", dedi.