Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Qasas — Oyat 43 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Qasas • Oyat 88 dan 43 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ مِنْ بَعْدِ مَا أَهْلَكْنَا الْقُرُونَ الْأُولَىٰ بَصَائِرَ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ 43
Tarjima:
Batahqiq, Biz avvalgi asrlarni halok qilganimizdan so`ng Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat qilib kitobni berdik. Shoyadki, ular eslasalar. Al-Qasas 28:43
Tafsir:
Oldingi ummatlarga paygʻambarlarimizni yubordik. Ular Biz yuborgan paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqardilar. Natijada ularni halok qildik. Shundan keyin Musoga Tavrotni ato etdik. Unda odamlarga foydali boʻlgan narsalar bayon qilingan. Toki, ularga amal qilib, foyda olsinlar. Ularga zararli boʻlgan narsalar ham aytilgan. Toki, ularga yaqinlashmasinlar va zararidan ehtiyot boʻlsinlar. Yana unda odamlarni har ikki dunyo saodatiga olib boradigan ezgulikka boshlovchi koʻrsatmalar ham bor. Shoyadki, ular Allohning nematlarini yodga olib, shukr qilsalar, U Zotga iymon keltirsalar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Qasas • Oyat 42 Keyingi Al-Qasas • Oyat 44