Qachonki behuda narsa eshitsalar, undan yuz o`girib: «Bizga o`z amallarimiz, sizga o`z amallaringiz, omon bo`linglar, biz johillarni istamasmiz», dedilar. Al-Qasas 28:55 ⧉
Tafsir:
Ahli kitoblar orasidagi moʻminlar biron botilni koʻrsalar, eshitsalar, unga etibor bermasdan, oʻsha ishni qilayotganlarga yoki aytayotganlarga: "Biz oʻzimiz qilgan ishlarimizga javob beramiz, sizlar ham oʻzlaringiz qilgan ishlaringizga javob berasizlar. Salomat boʻlinglar. Sizlar bilan talashib, soʻkishib yurmaymiz. Dinimiz va dunyomizga zarar boʻlib qolmasligi uchun nodonlarga yaqin yurishdan ehtiyot boʻlamiz", deydilar.