Va Robbing xohlaganini yaratib, xohlaganini ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor haqqi yo`qdir. Ular shirk keltirayotgan narsalardan Alloh pok va yuksakdir. Al-Qasas 28:68 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz Oʻzi xohlagan narsani yaratadi. Paygʻambarlik uchun Oʻzi xohlagan odamni tanlab oladi. Bu ishlarda mushriklarning ixtiyori yoʻqki, Allohga etirooz bildirsalar. Alloh ular ibodat qilayotgan butlardan Pok va Oliydir.