Allohdan o`zga hech bir ilohga iltijo qilma. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Undan o`zga har bir narsa halok bo`lguvchidir. Hukm Uning O`zigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz. Al-Qasas 28:88 ⧉
Tafsir:
Alloh bilan birga boshqa biron mabudga sigʻinmang. U Zotdan oʻzga chin mabud yoʻqdir. U Zotdan boshqa hamma narsa halok boʻlgusidir. Hukm yolgʻiz Unikidir. Istaganicha hukm qiladi. Qiyomat kuni hisob-kitob uchun yolgʻiz Uning dargohiga qaytarilursizlar.