Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ankabut — Oyat 10 (Oʻzbekcha) — Video

Ankabut • Oyat 69 dan 10 • Oʻzbekcha


وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ آمَنَّا بِاللَّهِ فَإِذَا أُوذِيَ فِي اللَّهِ جَعَلَ فِتْنَةَ النَّاسِ كَعَذَابِ اللَّهِ وَلَئِنْ جَاءَ نَصْرٌ مِنْ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ إِنَّا كُنَّا مَعَكُمْ ۚ أَوَلَيْسَ اللَّهُ بِأَعْلَمَ بِمَا فِي صُدُورِ الْعَالَمِينَ 10
Tarjima:
Va odamlardan, Allohga iymon keltirdik, deydigan, so`ngra Allohning yo`lida ozorlansa, odamlarning fitnasini Allohning azobidek qabul qiladiganlari ham bor. Agar Robbing tomonidan nusrat kelsa, ular, albatta, biz siz bilan birga edik, derlar. Alloh olamlarning ko`ksilaridagi narsalarni o`ta bilguvchi Zot emasmi?! Ankabut 29:10
Tafsir:
Odamlardan shundaylari borki, Allohga iymon keltirdik, deydilar. Shu iymoni tufayli kofirlardan ozor cheksalar, ularning ozorlarini Allohning azobidek koʻrib, dindan qaytadilar. Ey Paygʻambar, agar ularga Parvardigoringiz tarafidan bir nusrat kelsa, ey moʻminlar, biz sizlar bilan birga edik, deydilar. Alloh odamlarning qalblarida nima borligini bilguvchiroq emasmi?! Dillarda kufr bormi, iymon bormi, hammasini biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmaydi. Alloh hammasini bilib turganidan keyin ularning dil izhorlari nima ham boʻlardi?!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ankabut • Oyat 9 Keyingi Ankabut • Oyat 11