Sen: «Er yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar. So`ngra Alloh oxirat hayotini paydo qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt. Al-Ankabut 29:20 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi qayta tirilishni inkor qilayotganlarga ayting: "Yer yuzida aylanib yuringlar. Alloh dastlab qanday yaratganini koʻringlar. Keyin Alloh odamlarni hisob-kitob uchun yana bir marta hayotga qaytaradi. Alloh har ishga Qodirdir. U Zotning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻqdir. Odamlarni birinchi marta yaratgan Zot ularni yana qayta tiriltirishga ham Qodir.