Biz unga Is'hoqni va Ya'qubni baxsh etdik va Payg`ambarlik hamda kitobni uning zurriyotida bo`ladigan qildik. Unga bu dunyoda ajrini berdik. Albatta, u oxiratda solihlardan bo`lgay. Al-Ankabut 29:27 ⧉
Tafsir:
Ibrohimga Ishoqni va uning oʻgʻli Yaqubni berdik. Paygʻambarlik va Alloh tarafidan nozil qilingan kitoblarni uning avlodiga xos qildik. Haq yoʻlidagi sabri va matonati uchun uni yaxshi farzandlar ato etish va yaxshi nom qoldirish ila shu dunyoning oʻzida ham mukofotladik. Oxiratda ham u solihlar qatorida mukofotlanadi. Shu dunyoda olgan mukofotlari oxiratda oladigan muokfotlarini kamaytirib qoʻymaydi.