Bizning elchilarimiz Ibrohimga xushxabarni keltirishganida: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz. Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan bo`ldilar», dedilar. Al-Ankabut 29:31 ⧉
Tafsir:
Biz yuborgan farishtalar Ibrohimga Ishoq va uning oʻgʻli Yaqub haqidagi xushxabarni olib kelish bilan birga: "Lut qavmining shahri boʻlmish Sadum aholisini halok qilamiz, chunki ular fahsh ishlarni qilib, zolimlarga aylanib qoldilar", dedilar.