Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni jannatdan ostidan anhorlar oqib turgan oliymaqom joylarga joylashtirurmiz. U yerda abadiy qolurlar. Amal qilguvchilarning ajri qanday ham yaxshi! Al-Ankabut 29:58 ⧉
Tafsir:
Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga, jannatda, yuqori yerlardan joy beramiz. U joyning ostidan daryolar oqib oʻtadi. Unda abadiy qoladilar. Undagi nematlar tuganmasdir. Allohga itoat qilganlarning mukofoti naqadar yaxshi-ya!.