O`z rizqini ko`tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir. Ankabut 29:60 ⧉
Tafsir:
Oʻz rizqini topa olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham rizqni Alloh berur. Shunday ekan, och qolishdan qoʻrqib, hijratni tark etishingiz durust emas. Alloh gap-soʻzlaringizni eshitib, niyatlaringiz va amallaringizni koʻrib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmaydi. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.