Sizlardan ikki toifa qo`rqib zaiflashmoqchi bo`lganini esla! Alloh ularning valiyidir. Mo`minlar faqat Allohning O`ziga tavakkal qilsinlar. Oli Imron 3:122 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, eslang! Moʻminlarning ikki guruhi - Bani Salima va Bani Horisa ojizlik qilib, munofiqlarga qoʻshilib chekinmoqchi boʻlgandilar. Ularni jangda sobitqadam boʻlishlariga va shum niyatlaridan qaytishlariga yordam beradigan Allohdir. Shunday ekan, moʻminlar hamma holatlarida yolgʻiz Allohgagina tayansinlar!