Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 156 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 156 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ كَفَرُوا وَقَالُوا لِإِخْوَانِهِمْ إِذَا ضَرَبُوا فِي الْأَرْضِ أَوْ كَانُوا غُزًّى لَوْ كَانُوا عِنْدَنَا مَا مَاتُوا وَمَا قُتِلُوا لِيَجْعَلَ اللَّهُ ذَٰلِكَ حَسْرَةً فِي قُلُوبِهِمْ ۗ وَاللَّهُ يُحْيِي وَيُمِيتُ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 156
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Kufr keltirganlarga va yer yuzida yurgan va g`oziy bo`lgan birodarlari haqida, agar bizning huzurimizda bo`lganlarida o`lmas edilar va qatl qilinmas edilar, deydiganlarga o`xshamang. Buni Alloh qalblarida hasrat qilishi uchun ayturlar. Alloh tiriltirur va o`ldirur. Alloh qilgan amallaringizni ko`ruvchi Zotdir. Oli Imron 3:156
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, munofiq kofirlarga oʻxshamangiz! Ular tirikchilik uchun safar qilgan yoki gʻazotga chiqib ketgan yaqinlari haqida: "Safar qilmasdan, gʻazotga chiqmasdan, biz bilan qolganlarida oʻlmagan va oʻldirilmagan boʻlardilar", deyishadi. Alloh ularning qalblaridagi hasratu nadomatni ziyoda qilish uchun dillariga shunday etiqodni solib qoʻydi. Aslida esa tiriltiradigan ham, oʻldiradigan ham yolgʻiz Allohning Oʻzidir. Alloh Oʻzi istagan ishni qiladi. Uning qadarini uyda oʻtirish toʻxtatib qololmaydi, safar yo gʻazotga chiqish esa tezlashtirolmaydi. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib-bilib turibdi. Undan hech bir ish yashirin emas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 155 Keyingi Oli Imron • Oyat 157