Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 165 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 165 • Oʻzbekcha


أَوَلَمَّا أَصَابَتْكُمْ مُصِيبَةٌ قَدْ أَصَبْتُمْ مِثْلَيْهَا قُلْتُمْ أَنَّىٰ هَٰذَا ۖ قُلْ هُوَ مِنْ عِنْدِ أَنْفُسِكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 165
Tarjima:
Sen: «Sizga musiybat yetgan paytda, holbuki, o`zingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qayerdan, deysizmi?! Bu o`zingizning huzuringizdan!» deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir. Ali 'Imran 3:165
Tafsir:
Ey moʻminlar, Uhud jangida magʻlub boʻlib, musibatga yoʻliqsangizlar, sizlardan halok boʻlganlar soni Badrdagi dushmanlardan halok boʻlganlar sonining yarmicha boʻlsa ham: "Biz moʻmin boʻla turib, paygʻambar bizning oramizda boʻla turib magʻlub boʻlamizmi", deysizlarmi? Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Sizlarga nima musibat yetgan boʻlsa, oʻzingizdan boʻldi. Talashib-tortishdingiz, Paygʻambarga boʻysunmadingiz". Alloh har ishga qodirdir. Oʻzi istagan odamiga gʻalaba, istagan odamiga magʻlubiyat beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 164 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 166