Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 180 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 180 • Oʻzbekcha


وَلَا يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ هُوَ خَيْرًا لَهُمْ ۖ بَلْ هُوَ شَرٌّ لَهُمْ ۖ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُوا بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَلِلَّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 180
Tarjima:
Alloh O`z fazlidan bergan narsaga baxillik qilganlar buni o`zlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila bo`yinlari o`ralur. Osmonlaru yerning merosi Allohgadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. Oli Imron 3:180
Tafsir:
Alloh fazlu karami bilan ato qilgan boylikdan Allohning haqini - zakotni berishga baxillik qilgan kimsalar bu qilmishlarini oʻzlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ishlari ular uchun yomonlikdir. Chunki shu baxillik qilgan narsalari yaqinda Qiyomat kunida boʻyinlariga tavqi lanat boʻlib osiladi va u bilan azoblanadilar. Osmonlaru yerdagi hamma narsa yolgʻiz Allohga meros boʻlib qoladi. Hamma maxluqotlar oʻlib ketganidan keyin ham U Zot tirik boʻladi. Alloh qilayotgan ishlaringizni eng nozik nuqtalarigacha koʻrib-bilib turibdi va yaqinda munosib jazo yoki mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 179 Keyingi Oli Imron • Oyat 181