Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 193 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 193 • Oʻzbekcha


رَبَّنَا إِنَّنَا سَمِعْنَا مُنَادِيًا يُنَادِي لِلْإِيمَانِ أَنْ آمِنُوا بِرَبِّكُمْ فَآمَنَّا ۚ رَبَّنَا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَكَفِّرْ عَنَّا سَيِّئَاتِنَا وَتَوَفَّنَا مَعَ الْأَبْرَارِ 193
Tarjima:
Robbimiz, biz nido qiluvchining «Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni o`chirgin hamda yaxshilar bilan birga o`ldirgin. Oli Imron 3:193
Tafsir:
Parvardigoro, biz iymonga chorlayotgan jarchi Muhammad alayhissalomning: "Yakka-yolgʻiz Parvardigoringiz Allohga iymon keltiring!" degan nidosini eshitdik va u davat qilayotgan Zotga iymon keltirdik, shariatiga ergashdik. Endi bizning gunohlarimizni yashirgin, sharmanda qilmagin, yomonliklarimizni kechirgin, ular tufayli bizni azoblamagin va yaxshi ishlarni qilishu yomon ishlardan tiyilishga ilhom berish bilan bizni solihlar safida oʻldirgin!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 192 Keyingi Oli Imron • Oyat 194