Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 195 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 195 • Oʻzbekcha


فَاسْتَجَابَ لَهُمْ رَبُّهُمْ أَنِّي لَا أُضِيعُ عَمَلَ عَامِلٍ مِنْكُمْ مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَىٰ ۖ بَعْضُكُمْ مِنْ بَعْضٍ ۖ فَالَّذِينَ هَاجَرُوا وَأُخْرِجُوا مِنْ دِيَارِهِمْ وَأُوذُوا فِي سَبِيلِي وَقَاتَلُوا وَقُتِلُوا لَأُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَلَأُدْخِلَنَّهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ ثَوَابًا مِنْ عِنْدِ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ عِنْدَهُ حُسْنُ الثَّوَابِ 195
Tarjima:
Robbilari ularning (duolarini) ijobat qilib: «Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmasman. Ba'zingiz ba'zingizdansiz. Hijrat qilganlar, diyorlaridan chiqarilganlar, Mening yo`limda aziyat chekkanlar, jang qilganlar va qatl bo`lganlarning yomonliklarini o`chirurman hamda ularni albatta ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturman, bu — Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh — huzurida go`zal savob bor Zotdir», dedi. Oli Imron 3:195
Tafsir:
Parvardigorlari ularning duolarini ijobat qilib dedi: "Men erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, oz boʻlsin, koʻp boʻlsin, sizlardan biron amal qilguvchining amalini zoye qilmayman, savobsiz qoldirmayman. Biringiz biringizdansiz". Bu hukm ummat sifatida hamma barobarligini, erkakning haqi koʻprogʻu, ayolniki kamroq emasligini anglatadi. "Alloh yoʻlida hijrat qilganlar, kofirlar tarafidan yurtidan quvilganlar, Parvardigorlariga itoat etganlari tufayli ozorlarga yoʻliqqanlar, Alloh yoʻlida, Alloh kalimasini oliy qilish yoʻlida jang qilib, jon berganlarning gunohlarini Qiyomat kunida kechirib yuboraman va ularni qasrlar ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritaman". Bu - Alloh tarafidan ato etilgan savob-mukofotdir. Mislsiz eng goʻzal ajru savob Alloh huzuridadir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 194 Keyingi Oli Imron • Oyat 196