Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning oyatlariga kufr keltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh Aziyz va intiqom oluvchi Zotdir. Ali 'Imran 3:4 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, Alloh sizga Quronni nozil qildi. Uning xabarlari rost, hukmlari esa adolatlidir. U oldingi ilohiy kitoblarga muvofiqdirki, ular orasida hech qanday ziddiyat yoʻq. Alloh Qurondan oldin Muso alayhissalomga Tavrotni, Iyso alayhissalomga esa Injilni nozil qildi. Bu ilohiy kitoblarning hammasida insonlarning dunyo va oxiratlarini isloh qilishlari uchun hidoyat va irshod bor. Alloh haq bilan botilni, hidoyat bilan zalolatni ajratib beradigan Furqonni ham nozil qildi. Allohning sizga nozil qilgan oyatlariga kufr keltirganlarga qattiq azob bordir. Alloh Azizdirki, hech kim, hech narsa Undan gʻolib emas. Alloh paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarib, farmonlariga qarshi chiqadiganlardan intiqom oladigan Zotdir.