Bu g`ayb xabarlardan bo`lib, senga vahiy qilmoqdamiz. Ular qaysilari Maryamning kafili bo`lishiga qalamlarini tashlashayotganlarida oldilarida emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding. Ali 'Imran 3:44 ⧉
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom, Zakariyo va Maryam alayhimassalom haqidagi bu gaplar gʻayb xabarlari boʻlib, ularni sizga vahiy qilyapmiz. Oʻsha paytdagi olimlar va solihlar Maryamni tarbiya qilishga kim haqli ekanini aniqlash uchun talashib-tortishganlarida siz u yerda boʻlmagandingiz. Oʻshanda ular qalamlarini qura qilib tashlagandilar va Zakariyo alayhissalom yutib chiqqandi.