Iyso ulardan kofirlikni sezib qolganda: «Kimlar Alloh yo`lida menga yordamchi bo`ladi?!» – dedi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh bo`l», – dedilar. Ali 'Imran 3:52 ⧉
Tafsir:
Iyso alayhissalom ularning sarkashlik bilan kufrda qotib turib olishlarini bilganidan keyin Bani Isroilga: "Allohga davat qilishimda kim menga yordam beradi?", deya xitob qildi. Tobelaridan eng saralari, musaffolari: "Allohning diniga yordam bervuchilar mana bizlarmiz, Allohga iymon keltirdik va senga ergashdik, Ey Iyso, guvoh boʻlki, biz Allohni bir deb bilamiz, Unga itoat etamiz va boʻysunamiz", dedilar.