Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 73 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 73 • Oʻzbekcha


وَلَا تُؤْمِنُوا إِلَّا لِمَنْ تَبِعَ دِينَكُمْ قُلْ إِنَّ الْهُدَىٰ هُدَى اللَّهِ أَنْ يُؤْتَىٰ أَحَدٌ مِثْلَ مَا أُوتِيتُمْ أَوْ يُحَاجُّوكُمْ عِنْدَ رَبِّكُمْ ۗ قُلْ إِنَّ الْفَضْلَ بِيَدِ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 73
Tarjima:
Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar, toki birortaga sizga berilganga o`xshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida siz bilan hujjat talashmasin», derlar. Sen: «Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning hidoyatidir», deb ayt. Sen: «Albatta fazl Allohning qo`lida — xohlagan kishisiga beradir. Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir. Oli Imron 3:73
Tafsir:
Yana dedilar: "Diningizga tobe boʻlganlarnigina tasdiq etinglar". Ey Paygʻambar, ayting: "Haq sari hidoyat sizlarning boshqalar ham sizlardek fazilatli boʻlishidan yoki Parvardigoringiz qoshida sizlarga qarshi hujjat keltirib qolishidan qoʻrqib qilayotgan sarkashligingizu yolgʻonlaringiz bilan emas, Allohning rushdu hidoyati ila boʻlur". Ey Paygʻambar, ayting: "Fazl Allohning qoʻlidadir. Uni Oʻzi istagan bandasiga ato etur. U Zotning fazli bir ummatga tegib, boshqasiga tegmay qolmas. Alloh fazli keng va fazliga kim haqli ekanini biladigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 72 Keyingi Oli Imron • Oyat 74