Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 75 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 75 • Oʻzbekcha


وَمِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ مَنْ إِنْ تَأْمَنْهُ بِقِنْطَارٍ يُؤَدِّهِ إِلَيْكَ وَمِنْهُمْ مَنْ إِنْ تَأْمَنْهُ بِدِينَارٍ لَا يُؤَدِّهِ إِلَيْكَ إِلَّا مَا دُمْتَ عَلَيْهِ قَائِمًا ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا لَيْسَ عَلَيْنَا فِي الْأُمِّيِّينَ سَبِيلٌ وَيَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ 75
Tarjima:
Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qo`ysang, uni senga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qo`ysang, ustida turib olmaguningcha, senga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning: omiylar uchun bizning ustimizga yo`l yo`q, deyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolg`on so`zlarlar. Ali 'Imran 3:75
Tafsir:
Ahli kitoblardan shunday kimsalar borki, unga juda koʻp miqdordagi mol-davlatni omonat qoʻysangiz, oʻzingizga qaytaradi. Yana shunday kimsalar ham borki, ozgina, arzimas molni omonat qoʻysangiz ham to qattiq turib talab qilib olmaguningizcha oʻzi bilib qaytarmaydi. Buning sababi ularning: "Arablarning bizning ustimizda hech qanday haq-huquqi yoʻq, ularning mol-davlatlarini tortib olsak, bizga gunoh boʻlmaydi, chunki bu ishni bizga Alloh halol qilgan", degan puch davolaridir. Ular bu yolgʻonni Allohga tuhmat qilayotganlarini bilib turib aytadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 74 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 76