So`ngra yomonlik qilganlarning oqibati Allohning oyatlarini yolg`onga chiqarganlari va ularni istehzo qilganlari uchun yomon bo`ldi. Ar-Rum 30:10 ⧉
Tafsir:
Shirk keltirish kabi yomonliklarni qilgan kimsalarning oqibati keyinroq yanada yomon boʻldi. Juda yomon boʻldi. Chunki ular Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqardilar va ularni masxara, mazax qildilar.