Ularga (Allohga keltirgan) sheriklaridan shafoatchilar bo`lmadi va ular sheriklariga kufr keltirguvchi bo`ldilar. Ar-Rum 30:13 ⧉
Tafsir:
Ularga shu dunyoda ibodat qilgan butlaridan birontasi shafoatchi boʻlib, ularni azobdan qutqarib qola olmadi. Shu bilan oʻsha butlaridan ham tondilar. Chunki butlari ularni rosa muhtoj boʻlib turgan bir paytlarida qoʻllab-quvvatlamadilar. Oʻzlari ham, butlari birgalikda halok boʻldilar.