Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o`zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo`ygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. Rum 30:21 ⧉
Tafsir:
Ey erkaklar, Uning qudrati va yagonaligiga dalolat qiladigan buyuk oyatlaridan yana biri shuki, sizlarga oʻzlaringizdan juftlaringizni yaratdi. Toki, oʻshalar bilan taskin topinglar, orom olinglar. Orangizda esa oshnolik va mehr-muhabbat paydo qildi. Albatta, bu ishda fikr yuritadigan qavm uchun oyatlar bordir. Zero, fikr yurita oladigan zotlargina aqllaridan unumli foydalana oladilar.