Bas, qarindoshga, miskinga va yo`lda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana o`shalar najot topguvchilardir. Rum 30:38 ⧉
Tafsir:
Ey musulmon, qarindoshga haqqini berib, unga yaxshilik qil, u bilan rishtani mahkam bogʻla. Muhtojga haqqini berib, hojatini chiqar. Yurtidan yiroqda yurgan musofirga haqqini berib, undan yordamingni ayama. Mana shu Allohning yuzini istaydiganlar uchun yaxshidir. Shu bilan ular jannatga noil boʻlib, azobdan najot topadilar.